» » Shahzoda Kremlda Filipp Kirkorovdan maxsus mukofotni qabul qilib oldi

Shahzoda Kremlda Filipp Kirkorovdan maxsus mukofotni qabul qilib oldi


Ommabop musiqa sohasida o‘tkaziladigan BraVo xalqaro professional musiqiy mukofot tanlovida ishtirok etayotgan Shahzoda Filipp Kirkorovdan maxsus mukofotni qabul qilib oldi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Rossiya estradasi qiroli musiqiy tanlov jo‘g‘rofiyasi kengaygani munosabati bilan maxsus mehmon sifatida taklif etilgan Shahzodaga esdalik haykalchasini taqdim etdi.

“Siz O‘zbekistonning eng taniqli xonandalaridansiz”, — dedi Kirkorov Shahzodaga mukofotni topshirar ekan.

Shahzoda o‘z navbatida tanlov tashabbuskorlariga minnatdorlik bildirdi va bunday e’tibordan ta’sirlanganini aytdi. Barcha mehmonlarni 21-mart kuni turkiy xalqlar tomonidan keng nishonlanadigan Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi.

Kreml saroyida o‘tkazilgan tantanali kechada Rossiya estradasi yulduzlari, shuningdek, amerikalik xonanda Maykl Bolton, Buyuk Britaniyadan Leon Lyuis va irlandiyalik rok-musiqachi Kris de Burg chiqish qildi.

BraVo tanlovi doirasida musiqiy ekspertlar “Yil xonandasi”, “Yil musiqiy videosi” va “Yil taronasi” kabi turli nominatsiyalarda g‘oliblarni aniqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют