» » Akrobat 1500 metr balandlikdagi arqonda raqs ijro etdi (video)

Akrobat 1500 metr balandlikdagi arqonda raqs ijro etdi (video)


Akrobat Oleg Kolvax xavfli tryukni bajarishga qaror qilib, xavfsizlik vositasisiz 1500 metr balandlikda “pole dance” raqsini ijro etdi, deb yozadi Sputnik.

Uni bu harakatlarni bajarishga o‘g‘lining yutuqlaridan faxrlangan onasi ilhomlantirgan.

Yigit osmondagi shouni ijro etishga bir yil tayyorgarlik ko‘rgan. Mashqlarni bajarishda u bir necha marta sarosimaga tushib, nafas olishi qiyinlashgan. Lekin shunga qaramay, buni uddalagan.

“Men dunyoda birinchi bo‘lib buni amalga oshirdim. Xato qilishga haqqim yo‘q edi. Bundan oldin bo‘lgan barcha narsalar — ertak. Faqat men va hayotim bor edi va biz buni uddaladik!”, — deb yozgan yigit o‘zining VKontakte’dagi sahifasida.

Yoz oyida Oleg Ginness rekordlar kitobi uchun o‘z raqsini takror ijro etish niyatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют