» » Farg‘onada salonida 6 kishi bo‘lgan Spark simyog‘ochga borib urildi. YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada salonida 6 kishi bo‘lgan Spark simyog‘ochga borib urildi. YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


20-mart kuni tungi vaqtda Farg‘ona viloyati Furqat tumani hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda harakatlanayotgan, Beshariq tumanida yashovchi N.S. boshqaruvidagi Spark avtomashinasi simyog‘ochga borib urilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

YTH oqibatida mashinada bo‘lgan 6 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan. Yana 2 kishining ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют