» » Universitetlarda ko‘ngillilik tizimini qanday boshlasa bo‘ladi?

Universitetlarda ko‘ngillilik tizimini qanday boshlasa bo‘ladi?


“Jamiyat uchun muhimligi nuqtai nazardan, ko‘ngillilikning ko‘p yaxshi tomonlari mavjud, — deydi “Buyuk Kelajak” guruhi eksperti, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov. — Ko‘ngillilik jamiyatimizni boyitadi, bizni jamoatchilik sifatida jipslashtiradi, tijorat va boshqa tashkilotlarni inqirozga uchrashdan asrashga yordam beradi. Ko‘ngillilik jamoatchilikni yaxshilashda yordam berishidan tashqari, bu ish insonni shaxs sifatida takomillashishi uchun ham yordam beradi”.

Ko‘ngillilik insonni o‘zi haqida yaxshi fikrda bo‘lishga erishish uchun bepul, erkin usuldir. Uning eng yaxshi tomoni birga ish qilayotgan odamlar bilan ijobiy kayfiyatni baham ko‘rishdan iborat. Aslida bu insonni tushkunlikka tushish xavfini pasaytiradi, chunki bunda insonni faol ish bilan shug‘ullanadi va yangi, insonni qoniqtiradigan tanishlar, do‘stlar orttirishga yordam beradi. Shuningdek, inson ishda yoki oila, qarindoshlar, tanishlar bilan bog‘liq turli tarang holatlardan yengillashish, xalos bo‘lishning yaxshi bir usulidir.

Mamlakatda hayotimizning barcha jabhalariga markazlashtirib va jalb qilish mumkin bo‘lgan yaxshi hunar va bilimli minglab talabalar bor. Men quyidagi fikrlarni tavsiya qilmoqchiman.

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vaucher tizimini joriy qilishi mumkin. Shartli ravishda olsak, vazirlik ko‘ngilli talabalarga soatiga 5 ming so‘m to‘lashi mumkin. Mintaqa va talabalarning hunarlari va bilimlaridan kelib chiqib, to‘lov narxi turlicha bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy talabalar vaucheri ijtimoiy yo‘nalishda ish olib boradigan, ijtimoiy foydali ishlar bilan shug‘ullanadigan talabalarga beriladi.

Ushbu loyihada universitet talabalariga ikki xil vaucherlar taklif qilinishi mumkin:

Birinchi turi — 20 soat ko‘ngillilik faoliyati uchun. Bu vaucher asosida oldidan tasdiqlangan fan bo‘yicha kelishilgan ballar qo‘shilgan holda 100 ming so‘m pul to‘lanadi yoki kelishilgan fanlar bo‘yicha ikki akademik kredit qo‘shiladi.

Ikkinchi turi — 50 soat ko‘ngillilik faoliyati uchun oldindan tasdiqlangan fan bo‘yicha belgilangan ballar qo‘shgan holda 250 ming so‘m pul to‘lanadi yoki kelishilgan fanlar bo‘yicha besh akademik kredit qo‘shiladi.

Ijtimoiy talabalar vaucheri quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy yo‘naltirilgan, ijtimoiy foydali faoliyat olib boruvchi talabalarga beriladi:

1) inklyuziv ta’lim;

2) repetitorlik (o‘zbek tili, rus tili, ingliz tili, kompyuter savodliligi);

3) tarbiyasi og‘ir balog‘atga yetmagan bolalar bilan ishlash;

4) mahalla/hovli va sport klublari tashkil qilish;

5) qariyalar bilan ijtimoiy ish.

Ushbu loyihaga yiliga 50–100 ming talabani jalb qilsa bo‘ladi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют