» » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindistonni yirik hisobda taslim qildi (video)

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindistonni yirik hisobda taslim qildi (video)


22-mart, juma kuni futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindiston U-23 termasi bilan bahsga kirishdi.

O‘yinning 45-daqiqasida Islomjon Qobilov 11 metrlik jarima zarbasidan hindlar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Bobur Abduholiqov 79 va 82-daqiqalarda gol urib, dublga erishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindiston U-23 termasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

U-23 Osiyo chempionati

Saralash bahslari

“F” guruhi

22-mart, juma

Gollar: 1:045, penalti, Islomjon Qobilov, 2:0 — 79, Bobur Abduholiqov, 3:0 — 82 Bobur Abduholiqov

Hindiston: Diraj Singx, Anvar Ali, Golui Sartak, Anirud Tapa, Vinit Rai, Daniel Lalxlimpuiya, Abdul Saxal, Rahul Kannoli Pravin (Komal Tatal, 55), Lallianzuala Changte, Gaurav Bora, Nishu Kumar (Asish Rai, 86)

O‘zbekiston: Umidjon Ergashev, Islomjon Qobilov, Dilshod Saitov, Nurillo To‘xtasinov (Oybek Bozorov, 80), Oston O‘runov, Islom Kenjaboyev, Mirjahon Mirahmadov (Jasurbek Yaxshiboyev, 64), Oybek Rustamov, Azizbek Amonov (Bobur Abduholiqov, 52), Ilhomjon Alijonov, Husniddin G‘ofurov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют