» » Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining yangi qurilgan sport binosi foydalanishga topshirildi

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining yangi qurilgan sport binosi foydalanishga topshirildi


Joriy yilning 21-mart kuni Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli yangi qurilgan sport markazi foydalanishga topshirildi. Sportning o‘nga yaqin turi bilan shug‘ullanish sharoitlariga ega markaz zamonaviy sport anjomlari hamda tomoshabinlarga qulaylik yaratish maqsadida 150 ta o‘rindiq bilan ta’minlangan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur binoning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Sh.Rahmonov, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa tashkilotlar rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyatdagi yosh sportchilar, viloyat ichki ishlar organlari xodimlari va IIV Xorazm Akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan ko‘rgazmali sport chiqishlari namoyish etildi.

Shu kunning o‘zida mazkur sport majmuasi viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy yo‘nalishlarida xizmat olib borayotgan xodimlardan iborat terma jamoalar o‘rtasida sportning “mini futbol” musobaqasiga start berildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют