» » Sirdaryoda ayol kishining uyiga bostirib kirib, puli, tillasi va telefonini o‘g‘irlagan bosqinchilar ushlandi

Sirdaryoda ayol kishining uyiga bostirib kirib, puli, tillasi va telefonini o‘g‘irlagan bosqinchilar ushlandi


2019-yil 8 yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida noma’lum shaxslar Bo‘ston mahallasida yashovchi S.M. ismli ayolning uyiga ochiq qolgan eshigi orqali kirgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ular ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandini qo‘rqitib, uyidan zargarlik buyumlari, pullari va Iphone rusumli mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Guliston shahrida yashovchi S.J., J.M. va muqaddam sudlangan U.B. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют