» » Qaynoq choy iste’mol qilish qizilo‘ngach saratoni xavfini oshiradi

Qaynoq choy iste’mol qilish qizilo‘ngach saratoni xavfini oshiradi


Qaynoq choy iste’mol qilish qizilo‘ngach saratoni paydo bo‘lishi va rivojlanishi xavfini oshiradi, deya ma’lum qildi xalqaro ilmiy guruh. Bu haqda EurekAlert! portaliga tayanib, Sputnik xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, olimlar 40 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 50 mingdan ziyod kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishadi. O‘rtacha kuzatish davri o‘n yilni tashkil etdi. Olingan natijalarga ko‘ra tadqiqotda qatnashgan 317 nafar ko‘ngillida qizilo‘ngach saratoni qayd etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, muntazam ravishda 60 daraja issiqdan ortiq haroratda 700 ml.dan ortiq choyni har kuni iste’mol qilish qizilo‘ngach saratoni rivojlanish xavfini 90 foizga oshiradi.

“Ko‘pchilik choy, qahva yoki boshqa qaynoq ichimliklarni ichishni yaxshi ko‘rishadi. Biroq, biz olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, juda issiq choy iste’mol qilish qizilo‘ngach saratoni paydo bo‘lishi va rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin”, — dedi tadqiqot yetakchi muallifi Amerika onkologiya jamiyati professori Farhad Islami.

Professor qizilo‘ngach saratoni rivojlanishining oldini olish uchun qaynoq ichimlik sovishini kutishni tavsiya berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют