» » O‘zbekiston Prezidenti 22—23-mart kunlari Ostonaga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Prezidenti 22—23-mart kunlari Ostonaga tashrif buyuradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22—23-mart kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostonaga tashrif bilan boradi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri G‘ayrat Abdurahmonov ma’lum qildi, deb yozadi “1news.uz”.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ostonaga 22—23-mart kunlaridagi tashrifi, shuningdek, undan keyin Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlari rahbarlari tashrifi Markaziy Osiyo mamlakatlari biz duch kelishga majbur bo‘ladigan transmilliy xususiyatdagi masalalar qarshisida birdamlikni namoyon qilishini yana bir bora ko‘rsatib berishiga ishonchim komil”, — dedi Abdurahmonov majlisdagi hukumat soatida.

Uning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama asosda nigohlar umumiyligi, konstruktiv yondashuv va an’anaviy ahil qardoshlik aloqalarini namoyon etish orqali hal qilib bo‘lmaydigan birorta ham muammo yo‘q.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют