» » O‘rtoqlik o‘yinlari. Argentina Venesuelaga mag‘lub bo‘ldi, Meksika esa Chilidan ustun keldi (video)

O‘rtoqlik o‘yinlari. Argentina Venesuelaga mag‘lub bo‘ldi, Meksika esa Chilidan ustun keldi (video)


22-mart, juma kuni FIFA kunlari doirasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Hajime Moriyasu qo‘l ostidagi Yaponiya terma jamoasi o‘z uyida Kolumbiya termasini qabul qildi.

Kolumbiya terma jamoasi yetakchisi Radamel Falkaoning 64-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan urgan goli Janubiy Amerika vakillarining g‘alabasini ta’minladi (1:0).

Shu kuni Son Hyon Min yetakchiligidagi Janubiy Koreya termasi Boliviya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 86-daqiqasida Li Chxon Yonning kiritgan goli Janubiy Koreya termasiga galaba keltirdi (1:0).

Lionel Skaloni boshqaruvidagi Argentina terma jamoasi Venesuela termasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Jon Murillo hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 59-daqiqada esa Gonsalo Martines hisobni qisqartirdi (2:1). O‘yindagi so‘nggi gol 76-daqiqada penaltidan kiritildi. Unga Jozef Martines mualliflik qildi (3:1).

Shu tariqa Argentina terma jamoasi o‘z maydonida Venesuelaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoa sardori Lionel Messi uzoq tanaffusdan so‘ng mazkur uchrashuvda maydonga tushgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

22-mart, juma

Gol: 0:1 — 64, penalti, Falkao

Gol: 1:0 — 86 Li Chxon Yon

Gollar: 0:1 — 6 Rondon, 0:2 — 44 Murillo, 1:2 — 59 Martines, 1:3 — 76, penalti, Jozef Martines

Gol: 1:0 — 4 Kueva

Gol: 1:0 — 31 Chinkotta

Gollar: 1:0 — 52, penalti, Himenes, 2:0 — 64 Moreno, 3:0 — 65 Lozano, 3:1 — 69 Kastillo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют