» » AQSh Suriyada IShID ustidan butunlay g‘alaba qozonganini ma’lum qildi

AQSh Suriyada IShID ustidan butunlay g‘alaba qozonganini ma’lum qildi


AQSh prezidenti matbuot kotibi Sara Sanders Suriya hududi IShID jangarilaridan butunlay tozalanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda prezidentga AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan ma’lum qilgan.

Isbot sifatida Patrik birorta ham hudud terroristlar nazorati ostida bo‘lmagan Suriya xaritasini ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, IShID rahbari Abu Bakr al-Bog‘dodiy hali ham Suriyada ekanligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan. Mahalliy jurnalistlar u o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirganligini aytgan. Terroristlar boshlig‘i aniq qayerda ekanligi noma’lum. Aniqlanishicha, u bir necha marta Eronga qochmoqchi bo‘lgan, lekin buning uddasidan chiqolmagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют