» » Toshkent viloyatida mahkuma ayollar uchun Navro‘z bayrami tashkillandi (foto)

Toshkent viloyatida mahkuma ayollar uchun Navro‘z bayrami tashkillandi (foto)


Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jazoni ijro etish bo‘limi 21-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma ayollar uchun Navro‘z bayrami tashkillashtirildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

“Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik B.Adilov va IIV Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi qo‘mondoni general-mayor D.Pan ishtirok etib, koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma ayollarni bayram bilan qutlashdi. Shuningdek, IIV Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi qoshidagi estrada ansambli xonandalari tomonidan sho‘x kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, mahkuma ayollarning ko‘ngliga bir dam bo‘lsa-da xushnudlik baxsh etildi”, — deyiladi xabarda.

Tadbir so‘ngida mahkuma ayollar ushbu bayram tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.

“Bu kabi ommaviy-madaniy tadbirlar koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma ayollar ongida jamiyatning ijtimoiy himoyaga muxtoj bir a’zosi sifatida davlatimizning e’tiborida ekanligini his qilgan holda qonunlarimizga bo‘lgan hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz”— deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют