» » Hokimliklar xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama to‘lanadi

Hokimliklar xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama to‘lanadi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori (pdf) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatining boshqaruv xodimlariga ustamalar to‘lash umumiy ish stajiga bog‘liq ravishda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatida boshqaruv xodimlarining ustama olish huquqini beruvchi umumiy ish stajiga:

Ustamaga bo‘lgan huquq boshqaruv xodimlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklarining boshqaruv apparatida ishning 49-oyidan boshlab, ko‘rsatilgan davrlar hisobga olingan holda yuzaga keladi.

Mehnat stajini aniqlash uchun mehnat daftarchasi asosiy hujjat hisoblanadi.

Ustama ushbu oyda ishlangan davr, shu jumladan ta’tillar davri va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq xodimning ish haqi to‘liq yoki qisman saqlanib qoladigan davr uchun to‘lanadi.

Uchquduq, Zarafshon va Nurobod shaharlari hokimliklarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar va ishchilar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 10-dekabrdagi 594-son qarorining 4-bandiga muvofiq belgilangan budjet sohasi xodimlari uchun uzoq muddat ishlaganligi uchun oylik ustama to‘lash saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, hujjatda shaxsan biriktirilgan avtotransport uchun yo‘l bosish limitlari belgilandi.

Bunda yo‘l bosish yillik limiti:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga shaxsan biriktirilgan avtotransport uchun 54 020 km (oyiga — 4911 km) belgilanadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining, shaharlar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga va o‘rinbosarlariga shaxsan biriktirilgan avtotransport uchun 36 036 km (oyiga — 3276 km) belgilanadi.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют