» » Elnur Abduraimov raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratdi

Elnur Abduraimov raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratdi


Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (3 ta g‘alaba, 3 ta nokaut) Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil qilingan boks kechasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

6 raundga mo‘ljallangan jangda Elnur mezbon bokschi Dmitriy Xasiyevni 2-raundning o‘zidayoq nokautga uchratib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.

Ta’kidlash joiz, bu Abduraimovning professional boksdagi to‘rtinchi jangidagi to‘rtinchi g‘alabasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Elnur Abduraimov professional boksdagi dastlabki ikkita jangini AQShda o‘tkazgan. So‘nggi jangini esa 10-noyabr kuni Yekaterinburgda braziliyalik Aelio Meskitaga (17 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 15 ta nokaut) qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют