» » Mahmud G‘oipov professional boksdagi 3-jangida mag‘lub bo‘ldi

Mahmud G‘oipov professional boksdagi 3-jangida mag‘lub bo‘ldi


23-mart, shanba kuni professional ringda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Mahmud G‘oipov (2 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks oqshomida unga mezbon bokschi Vazir Tamoyan raqiblik qildi.

6 raund davom etgan jangda Mahmud ochkolar hisobi bo‘yicha raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, Mahmud G‘oipov professional boksda ilk marta mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, G‘oipov so‘nggi jangida armanistonlik Artush Hovxannisyanga qarshi ringga chiqib, 4 raund davom etgan jangda ochkolar hisobiga g‘alaba qozongandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют