» » Rasman: Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Kristian Panuchchi iste’foga chiqarildi

Rasman: Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Kristian Panuchchi iste’foga chiqarildi


Kristian Panuchchi Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda Albaniya futbol federatsiyasi xabar berdi.

Tashkilot Yevro—2020 saralashining 1-turidan o‘rin olgan Turkiyaga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng (0:2) 45 yoshli italiyalik bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

25-mart kuni bo‘lib o‘tadigan Andorra termasiga qarshi o‘yinga jamoani Evrin Bulku va Sulaymon Mema hamda murabbiylar shtabining boshqa a’zolari tayyorlaydi.

Panuchchi Albaniya termasini 2017-yilning iyul oyidan buyon boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida terma jamoa Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionati—2018 musobaqasiga chiqa olmadi.

Millatlar Ligasida esa Albaniya “C” dizionida guruhda so‘nggi o‘rinni band qildi. Mazkur musobaqada jamoa 3 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi va 1 marta g‘alaba qozondi.

Avvalroq Panuchchi 2012/2014-yillarda Rossiya terma jamoasida Fabio Kapello yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют