» » Yevro—2020 yo‘lida. Rossiya Nur-Sultonda mehmon bo‘ladi, Niderlandiya esa Germaniya bilan jang qiladi

Yevro—2020 yo‘lida. Rossiya Nur-Sultonda mehmon bo‘ladi, Niderlandiya esa Germaniya bilan jang qiladi


24-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining saralash bosqichi doirasida guruhlarda 2-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Kunning ilk o‘yini Nur-Sulton (Sobiq Ostona shahri)da o‘tkaziladi. Unda Qozog‘iston terma jamoasi Rossiyani qabul qiladi. Bellashuv 19:00 da boshlanadi.

Ilk turda Ozarbayjonni bazo‘r yutgan (2:1) Xorvatiya terma jamoasi mehmonda Vengriya termasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanishi belgilangan.

Turning markaziy o‘ynida Ronald Kuman qo‘l ostidagi Niderlandiya terma jamoasi o‘z maydonida Yoahim Lyov boshliq Germaniya termasi bilan jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki turda niderlandiyaliklar Belarus termasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgandi (4:0). Germaniya termasi esa Serbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida durang natija qayd etgandi (1:1).

Shu kuni Eden Azar yetakchiligidagi Belgiya terma jamoasi safarda Kiprni sinovdan o‘tkazadi. Ikkala uchrashuv ham tungi soat 00:45 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Roberto Martines shogirdlari saralash bosqichining 1-turida Rossiyani 3:1 hisobida taslim qilgandi.

Yevro—2020

Saralash, 2-tur bahslari

24-mart, yakshanba

“C” guruhi

“E” guruhi

“G” guruhi

“I” guruhi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют