» » Floridada maktabdagi otishmada omon qolgan o‘quvchi o‘z joniga qasd qildi

Floridada maktabdagi otishmada omon qolgan o‘quvchi o‘z joniga qasd qildi


Florida shtatining Parklend maktabida 2018-yilning fevral oyida otishmani boshdan kechirgan qizning o‘z joniga qasd qilishi ushbu mash’um hodisaning oqibati deb baholanmoqda. Bu haqda “ForumDaily” xabar berdi.

Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, 19 yoshli Sidni Ayello 17-mart kuni o‘z joniga qasd qilgan.

Qiz onasining aytishicha, maktabdagi otishmada halok bo‘lgan 17 kishidan biri Midou Pollak va qizi Sidney yaqin do‘st bo‘lgan. Kara Ayelloning aytishicha, uning qizi “tirik qolgani uchun o‘zini aybdor his” qilgan va bundan aziyat chekkan, unga yaqinda travmatik stress buzilishi tashxisi qo‘yilgan.

Onaning so‘zlariga ko‘ra, Sindi kollej darslariga qatnagan, ammo bu uning uchun juda qiyin kechgan, chunki u sinfda bo‘lishdan qo‘rqqan. Qiz Parklend maktabini 2018-yilning iyun oyida otishmadan bir necha oy o‘tgach bitirgan.

Ayelloning aytishicha, qiz ko‘pincha qayg‘uga botgan holda yurgan, ammo hech qachon yordam so‘ramagan va oxir oqibat o‘z joniga qasd qilgan.

Ayol boshqa ota-onalarga saboq bo‘lishi maqsadida ushbu voqea haqida so‘zlab berishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Parklend maktabidagi otishma 2018-yilning 14-fevral kuni sodir bo‘lgan, uning oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi yaralangan. Ushbu jinoyat AQSh tarixidagi eng ommaviy otishmalardan biri bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют