» » O‘rgan, student! O‘zbekistonlik futbolchi ayollar ikkinchi o‘yinda ham BAA termasining dodini berdi

O‘rgan, student! O‘zbekistonlik futbolchi ayollar ikkinchi o‘yinda ham BAA termasining dodini berdi


Amirlik yig‘inida bo‘lib turgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi BAAga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida ham yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi, deb yozdi O‘FF matbuot xizmati.

8-mart kunidan keyin bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda Sherali Boboqulov jamoasi 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan va o‘z darvozasidan 1 ta gol o‘tkazib yuborgandi. Bu safar esa o‘zbekistonlik qizlar 5 ta golda to‘xtashga qaror qildi — 5:0.

Ma’lumot uchun, Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘l olish uchun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston hamda KXDR termalariga qarshi maydonga tushishi kerak. Sir emaski, Sharqiy Osiyo mamlakatlarining futbolchi qizlari qit’ada eng yaxshilardan hisoblanadi. Amirlik yig‘ini mana shu sinovga tayyorgarlik ko‘rish uchun tashkil etilgan.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Dubay, BAA
12-mart, yakshanba

Gollar: Mahliyo Sarikova (0:1). Lianna Norbekova (0:2). Lyudmila Karachik (0:3). Dildora Nozimova (0:4). Mahfuza Turopova (0:5).

Опубликовано: admin (13-03-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют