» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadada faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadada faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi


Rossiya Federatsiyasining Tver shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashi tarkibiga kiruvchi davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida V xalqaro olimpiadaning informatika fani bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Xalqaro olimpiadaning mazkur fan bo‘yicha O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantarining ikkita jamoasi ham ishtirok etib, bitta yo‘nalishda yuqori natijani qayd etdi.

Rossiya Federatsiyasi Harbiy kosmik kuchlari akademiyasi tashkilotchilik qilgan olimpiadada informatika fani bo‘yicha kursantlar umumiy hamda mutaxassislik tayyorgarligi yo‘nalishi shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Har bir yo‘nalish 3 turdan iborat bo‘ldi. Olimpiadaning mutaxassislik tayyorgarligi yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zbekistonlik kursantlar umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Birinchi o‘rin esa mezbon — Rossiya jamoasiga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Sankt-Peterburg shahrida informatika fani bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bahslarda o‘zbekistonlik kursantlardan iborat jamoa birinchi bor ishtirok etishiga qaramay faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Kecha, 23 mart kuni tunda faxrli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritgan hamyurtlarimiz Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Olimpiadaning navbatdagi yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar 24—29-mart kunlari Armanistonning Dilijon shahrida Ingliz tili bo‘yicha, 20—25-aprel kunlari Qozog‘istonning Karaganda shahrida matematika fani bo‘yicha hamda Rossiyaning Ryazan shahrida Harbiy-kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Kecha, 23-mart kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti vakillari xalqaro olimpiadaning ingliz tili bo‘ycha ishtirok etish uchun Armanistonga uchib ketishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют