» » “O‘zkimyosanoat” va “O‘zeltexsanoat” rahbarlari tasdiqlandi

“O‘zkimyosanoat” va “O‘zeltexsanoat” rahbarlari tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-fevral kungi qarori bilan Abduhoshim Abdullayev “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar Abduhoshim Abdullayev (1950-yilda tug‘ilgan) 2008-yildan buyon “Farg‘onaazot” kompaniyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2006—2008-yillarda Farg‘ona viloyatining, 2005—2006-yillarda esa Marg‘ilon shahri hokimi bo‘lgan.

Shuningdek, hukumatning 9-fevral kungi boshqa qarori bilan Fazliddin Bakiyev “O‘zeltexsanoat” kompaniyasi boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Fazliddin Bakiyev (1969-yilda tug‘ilgan) 2007-yildan Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritib, 2013-yildan makroiqtisodiy rivojlanish, tarkibiy islohotlar va xorijiy investitsiyalar jalb etish masalalari bo‘yicha yig‘ma axborot-tahlil departamenti rahbari lavozimini egallab kelgan. 1995—2005-yillarda Markaziy bankda turli lavozimlarda ishlagan. 2005—2007-yillarda Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют