» » “Barselona”ga “PSJ” bilan o‘yin asoratlari ta’sir ko‘rsatdi, “Deportivo” uchun esa “Betis”mi yoki “Barsa” — ahamiyati yo‘q

“Barselona”ga “PSJ” bilan o‘yin asoratlari ta’sir ko‘rsatdi, “Deportivo” uchun esa “Betis”mi yoki “Barsa” — ahamiyati yo‘q


“PSJ”ga qarshi 6:1 hisobi bilan yakuniga yetgan o‘yindan keyin “Barselona” La ligada “Deportivo”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Luis Enrike quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Bugun maydonda nimalar ro‘y berganini so‘nggi bir hafta davomida biz bilan bo‘lganlargina tushunishi mumkin. Professionallar bunday vaqtda o‘zlarini qanday tutishni bilishlari kerak.

O‘yin qiyin bo‘lishini bilgandik. Chunki bunda so‘nggi bellashuv asoratlari o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmasdi. Tushunarliki, “PSJ”ga qarshi o‘yin bizni to‘lqinlantirgandi.

“Deportivo” bilan o‘yin yaxshi formani saqlab turish uchun ham kerak edi. Unda mag‘lub bo‘lganimiz og‘riqli. Raqibga qanchalar kuchli ekanimizni ko‘rsatib qo‘yishni istab, yakunda yomon o‘yin o‘tkazdik.

Mag‘lubiyatni tan olib, navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Oxirgi turlar eng qiyinlari bo‘ladi.

Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi

“Deportivo” bosh murabbiyi Pepe Melning tashrifi jamoa uchun anchagina qimmatli bo‘ldi. U bilan klub 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi va birortasida ham imkoniyatni boy bermadi: 2 ta g‘alaba va 2 ta durang. Bu esa ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan klub uchun juda kerakli natijadar.

Biz “Betis”ga qarshi qanday o‘ynagan bo‘lsak, “Barselona”ga qarshi ham shunday futbol ko‘rsatdik. Ko‘rindiki, biz raqibdan kuchliroq edik.

Natijadan ko‘nglim ko‘tarildi. Ahir shunday futbol ko‘rsatib “Betis”ga qarshi 1 ochko ishlagandik, bugun esa g‘olib chiqdik.

Shogirdlarimning Luis Suares urgan golga reaksiyasidan xursandman. Ularda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va raqibdan qo‘rqmaslik hislari bor. Bu borada yigitlar “Barselona” futbolchilaridan kam emas.

Pepe Mel, “Deportivo” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (13-03-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют