» » Yevro—2020 yo‘lida. 5 ta gol urilgan o‘yinda Germaniya Niderlandiyani mag‘lub etdi, Belgiyada ham g‘alaba (video)

Yevro—2020 yo‘lida. 5 ta gol urilgan o‘yinda Germaniya Niderlandiyani mag‘lub etdi, Belgiyada ham g‘alaba (video)


24-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining saralash bosqichi doirasida guruhlarda 2-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Turning markaziy o‘yinida Ronald Kuman qo‘l ostidagi Niderlandiya terma jamoasi o‘z maydonida Yoahim Lyov boshliq Germaniya termasi bilan jang qildi.

O‘yinning 15-daqiqasida “Manchester Siti” a’zosi Leroy Sane hisobni ochgan bo‘lsa, 34-daqiqada Serj Gnabri Niderlandiya darvozasiga gol urdi (2:0). 48-daqiqada esa himoyachi Matteys de Ligt oradagi farqni qisqartidi (2:1). 64-daqiqaga kelib Memfis Depay hisobni tenglashtirdi (2:2). Bellshuvning so‘nggi daqiqalarida germaniyalik Niko Shults Marko Roys uzatgan to‘pni Yasper Sillessen qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi (3:2).

Shu kuni Eden Azar yetakchiligidagi Belgiya terma jamoasi safarda Kiprni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Eden Azar raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan 8 daqiqa o‘tib Mishi Batshuayi hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa Belgiya terma jamoasi mehmonda kechgan bahsda Kiprni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Yevro—2020

Saralash, 2-tur bahslari

24-mart, yakshanba

“C” guruhi

Gollar: 0:1 — 15 Sane, 0:2 — 34 Gnabri, 1:2 — 48 de Ligt, 2:2 — 64 Depay, 2:3 — 90 Shults

Gollar: 1:0 — 30 Evans, 1:1 — 33 Stasevich, 2:1 — 87 Majennis

“G” guruhi

Gollar: 1:0 — 76 Levandovski, 2:0 — 84 Glik

Gollar: 1:0 — 34 Zayts, 1:1 — 47 Bardi

“I” guruhi

Gollar: 0:1 — 10 Azar, 0:2 — 18 Batshuayi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют