» » Yevro—2020 yo‘lida. Fransiya, Portugaliya va Angliya bugun o‘ynaydi

Yevro—2020 yo‘lida. Fransiya, Portugaliya va Angliya bugun o‘ynaydi


25-mart, dushanba kuni futbol bo‘yicha 2020-yilgi Yevropa Chempionatining saralash bosqichi doirasida guruhlarda 2-turning navbatdagi uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Dastlabki turda Chexiyani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Angliya terma jamoasi safarda Chernogoriyani sinovdan o‘tkazadi.

Mazkur musobaqaning amaldagi chempioni Fernandu Santush qo‘l ostidagi Portugaliya termasi o‘z maydonida Serbiya bilan bahsga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyaliklar musobaqaning 1-turida Andrey Shevchenko boshliq Ukraina terma jamoasi bilan durang o‘ynagandi (0:0).

Shu kuni Didye Desham boshqaruvidagi Fransiya terma jamoasi Parij shahrida Islandiya bilan jang qiladi.

Ta’kidlash joiz, avvalgi o‘yinda fransuzlar mehmonda kechgan o‘yinda Moldovani yutgandi (4:1). Uchala bellashuv ham Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45 da boshlanadi.

“H” guruhidan o‘rin olgan bahsda esa Turkiya hamda Moldova terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuvga 22:00 da start beriladi.

Ma’lumot uchun, turklar ilk turda Albaniya darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritgandi (2:0).

Yevro—2020

Saralash, 2-tur bahslari

25-mart, dushanba

“A” guruhi

“B” guruhi

“H” guruhi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют