» » Xorazmda noma’lum yirtqich bir haftada 20 ta qo‘yni bo‘g‘izladi

Xorazmda noma’lum yirtqich bir haftada 20 ta qo‘yni bo‘g‘izladi


O‘tgan haftada Xorazm viloyatining Shovot tumani Beruniy qishlog‘idagi “Usta-Hunarmand” mahallasida noma’lum yirtqich hayvon yigirmata qo‘yni o‘ldirgan, deya xabar beradi “Anhor.uz”.

So‘nggi paytgacha Turkmaniston bilan chegaradosh ushbu hududda hech qanday yirtqich hayvonlar chorvaga hujum qilmagan. Qishloq aholisi, noma’lum yirtqichning hujumi tufayli uydan chiqishdan ham qo‘rqayotganini aytmoqda. Beruniy qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Kuvondiq Rahimovning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy hokimlik va militsiya tuman ma’muriyatidan yirtqichlarga qarshi choralar ko‘rishni so‘ragan, biroq ular tomonidan hech narsa qilinmagan.

“Hech kim bizni eshitishni istamayapti. Yaqinda ovchilar chorva mollariga hujum qilayotgan hayvonni otib tashladi. Bu bo‘ri ham it ham emas. U qo‘y va yirik shohli mollarga hujum qiladi”, — deydi Quvondiq Rahimov.

Beruniy qishlog‘ida noma’lum hayvon tomonidan yetkazilgan zarar miqdori haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют