» » O‘zbekistondagi bir qator qo‘riqxonalar Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi

O‘zbekistondagi bir qator qo‘riqxonalar Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi


Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lgan Chotqol biosferasi, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qo‘riqxonalari, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hamda Davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi.

2019–2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida quyidagi 5 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etiladi:

“Janubiy Ustyurt” davlat qo‘riqxonasi;

“Beltov”, “Oqpetki” va “Oqdaryo-Qozoqdaryo ikki daryo oralig‘i” davlat buyurtma qo‘riqxonalari;

“Sudochye” davlat buyurtma qo‘riqxonasi negizida “Sudochye ko‘llar tizimi” davlat buyurtma qo‘riqxonasi.

Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi tashkil etiladi.

Qaror bilan, 2019–2022-yillarda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют