» » Eden Azar Belgiya tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purarga aylandi

Eden Azar Belgiya tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purarga aylandi


24-mart, yakshanba kuni Yevro—2020 saralashining 2-turidan o‘rin olgan bahsda Belgiya terma jamoasi Kipr termasini mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Mazkur o‘yinda “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar Belgiya milliy terma jamoasida o‘zining yubiley 100-uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda Gracenote Live xabar berdi.

28 yoshli futbolchi Belgiya termasida ushbu ko‘rsatkichga erishgan uchinchi o‘yinchi bo‘ldi.

Avvalroq bu ko‘rsatkichni himoyachi Yan Vertongen (112 ta uchrashuv) va yarim himoyachi Aksel Vitsel (101) qayd etgandi.

O‘yinning 10-daqiqasida aynan Eden Azar hisobni ochdi. Bu uning terma jamoa safidagi 30-goli bo‘ldi.

U bu yo‘lda Pol van Himst va Bernard Vorxofga (ikkalasida ham 30 tadan gol va ular allaqachon termadagi faoliyatini yakunlab bo‘lgan) yetib oldi va Belgiya terma jamoasi to‘purarlar bahsida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mazkur ro‘yxatni Romelu Lukaku 45 ta gol bilan boshqarib bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют