» » Termizda baxshi-shoirlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etiladi

Termizda baxshi-shoirlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etiladi


Termiz shahrida joriy yilning 5—10-aprel kunlari o‘tkaziladigan xalqaro baxshichilik san’ati festivali oldidan Termiz arxeologiya muzeyida baxshi-shoirlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ko‘rgazmada Surxondaryo viloyatida baxshichilik san’atini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan baxshilarning milliy kiyimlari, do‘mbiralari va boshqa noyob buyumlari namoyish etiladi.

Joriy yilgacha mamlakatda 28 nafar baxshi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan baxshi unvoniga sazovor bo‘ldi. Ularning 9 nafari surxondaryolik baxshilardir. Ko‘rgazmadan Qora Umirov, Shoberdi Boltayev, Xo‘shboq Mardonaqul o‘g‘li, Abdunazar Poyonov kabi O‘zbekiston xalq baxshilari, shuningdek, “Nihol” mukofoti sovrindori Ilhom Norov va boshqa ko‘plab baxshi-shoirlar hayoti, ijodi hamda faoliyatiga doir qiziqarli ma’lumotlar joy olgan.

Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi shu yilning 27-mart kuni o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют