» » O‘zbekiston Mudofaa vaziri: “Yutuqlarimiz nafaqat bizniki, balki butun mamlakatnikidir”

O‘zbekiston Mudofaa vaziri: “Yutuqlarimiz nafaqat bizniki, balki butun mamlakatnikidir”


25-mart kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida Rossiya Federatsiyasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida informatika fani bo‘yicha hamda oliy ta’limgacha muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida matematika va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiada sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, vazirlik markaziy apparati ofitserlari, xalqaro olimpiadada ishtirok etgan yoshlar qatnashgan.

Xalqaro olimpiadaning informatika fani bo‘yicha O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantarining ikkita jamoasi ishtirok etib, bitta yo‘nalishda yuqori natijani qayd etgan edi. Olimpiadaning mutaxassislik tayyorgarligi yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zbekistonlik kursantlar umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning oliy ta’limgacha muassasalari o‘rtasida matematika va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi olimpiadada O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari 2-o‘rinni qayd etgan.

Tadbir davomida Bahodir Qurbonov V xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtlarimizga minnatdorchlik bildirib, harbiy xizmatchilar tomonidan xalqaro maydonlarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar butun mamlakat yutug‘i ekanini ta’kidlab o‘tgan.

Xizmat burchini vijdonan bajarayotgan va O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan shaxsiy tarkibni rag‘lablantirish hamda keyingi xalqaro olimpiadalarda bundan ham yuqori saviyada ishtirok etishlariga zamin yaratish maqsadida kursantlar, o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga O‘zbekiston mudofaa vaziri tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют