» » Noshirlik kollejida matbaa sohasida innovatsion texnologiyalarni boshqaradigan zamonaviy kadrlar tayyorlanadi

Noshirlik kollejida matbaa sohasida innovatsion texnologiyalarni boshqaradigan zamonaviy kadrlar tayyorlanadi


Bugun, 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kolleji kutubxonasiga kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

Agentlik rahbar-xodimlari, kollej o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda ta’lim maskani kutubxonasi 300 dan ortiq kitobga boyigan.

“Davlatimiz rahbari tomonidan o‘rtaga tashlangan bu tashabbus bevosita kelajak avlod taqdiri bilan bog‘liq, – deydi Komil Allamjonov.  — Inson qancha ko‘p kitob o‘qisa, ma’naviyati shuncha yuksaladi, dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan munosabati o‘zgaradi. Agar kitoblarimiz sifatli, mazmunli chiqishini xohlasak, bo‘lajak noshirlarga ko‘proq kitob sovg‘a qilishimiz, ularni kitobga do‘st qilishimiz kerak”.

Shundan so‘ng Komil Allamjonov Agentlikning Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kolleji bilan tanishgan.

Aytish kerakki, ushbu kollej O‘zbekiston Prezidentining 2-fevraldagi farmoniga muvofiq Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan.

Hozir respublikada 1700 dan ziyod matbaa korxonasi faoliyat yuritmoqda. Kollej mazkur korxonalarga o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlarni tayyorlab beradi. Ta’lim maskanida 800 dan ortiq yigit-qiz “Matbaa ishlab chiqarish texnik-texnologi”, “Dasturiy injiniring texnigi”, “Axborot-resurs markazi kutubxonachisi”, “Hisobchi” kabi 6 yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olmoqda.

“Ixtisosliklar va o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish zamon talabi, deb hisoblayman, – deydi Agentlik rahbari. – Chunki bizga matbaa sohasida innovatsion texnologiyalarni boshqaradigan zamonaviy mutaxassislar kerak”.

O‘quvchilarga har tomonlama sharoit yaratish maqsadida kollej binosi, sinfxonalar, majlislar zali, tashqi sport majmuasi to‘liq ta’mirdan chiqariladi. Kollej hovlisida foydalanilmay yotgan omborxona buzilib, o‘rnida ikki qavatli trenajyor zali quriladi. Natijada nafaqat o‘quvchilar, balki yon-atrofdagi mahalla yoshlari ham shug‘ullanishi uchun imkon yaratiladi.

Qayd etilganidek, matbaa sohasidagi texnologiyalar yildan-yilga yangilanmoqda. Lekin kollejda mavjud aksariyat o‘quv qo‘llanmalar ma’nan eskirgan. Javonlarda o‘tgan asr texnikalari haqidagi kitoblar ham yo‘q emas. Shu bois ta’lim resurslarini yangilash, yangi avlod darsliklarini yaratish ustida ish boshlash lozimligi ta’kidlangan.

#kitobulash



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют