» » Beshta muhim tashabbus Toshkent viloyati Qibray tumanida amalda

Beshta muhim tashabbus Toshkent viloyati Qibray tumanida amalda


Toshkent viloyati Qibray tumanida Prezidentning tashabbuslari o‘ziga xos tarzda amaliy qadam bilan boshlangan. Bu haqda Qibray tumani hokimligi xabar berdi.

Joriy yilning 19-mart kuni davlat  rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi.

Aytish kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Shu bois O‘zbekiston Prezident tomonidan 5 ta muhim tashabbusni ilgari surildi:

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

Davlat rahbari topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish va ko‘tarilgan 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha manzilli ishlar tashkil qilish yuzasidan mahalliy hokimliklar tomonidan maqsadli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Jumladan, Qibray tumani hokimligi va sektor rahbarlarining tashabbusi bilan 24-mart kuni tumanning barcha korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari va xodimlari o‘zlarining oila a’zolari bilan O‘zbekiston davlat drama teatriga tashrif amalga oshirilgan.

Teatrning diqqatga sazovor joylari, aktyorlarning ijod jarayonidagi holatlari va ular bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy suhbatdan so‘ng “Yer baribir aylanaveradi” teatr namoyishi bo‘lib o‘tgan.

Namoyish tomoshabinlar uchun o‘ziga xos bayram tabrigi va ma’naviy hordiq chiqarish uchun sharoit yaratilganligi bilan mazmunli bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 07:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют