» » Yevro—2020 yo‘lida. Ispaniya, Italiya va Daniya bugun o‘ynaydi

Yevro—2020 yo‘lida. Ispaniya, Italiya va Daniya bugun o‘ynaydi


26-mart, seshanba kuni futbol bo‘yicha 2020-yilgi Yevropa Chempionatining saralash bosqichi doirasida guruhlarda 2-turning so‘nggi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Turning markaziy o‘yinlaridan birida Shveysariya terma jamoasi Daniya termasiga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Shveysariya saralashning ilk o‘yinida Gruziyani taslim qilgan bo‘lsa, Daniya esa Kosovo bilan durang natija qayd etgandi (2:2).

Dastlabki turda Norvegiya termasini bazo‘r yutgan Serxio Ramos yetakchiligidagi Ispaniya terma jamoasi safarda Maltani sinovdan o‘tkazadi.

Shu kuni saralashning “J” guruhidan o‘rin olgan bahsda Roberto Manchini qo‘l ostidagi Italiya terma jamoasi o‘z maydonida Lixtenshteyn termasi bilan bellashadi. Uchala o‘yin ham Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, italiyaliklar birinchi uchrashuvda Finlyandiya darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritgandi (2:0).

Yevro—2020

Saralash, 2-tur bahslari

26-mart, seshanba

“D” guruhi

“F” guruhi

“J” guruhi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют