» » O‘zbekistonda sel xavfi yuqori bo‘lgan viloyatlar aniqlandi

O‘zbekistonda sel xavfi yuqori bo‘lgan viloyatlar aniqlandi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi xavfli gidrometeorologik va geologik vaziyatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan hududlar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi, deb yozadi O‘zA.

Olingan ma’lumotlar asosida sel xavfi nisbatan yuqori bo‘lgan hududlar aniqlangan.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning deyarli barcha tog‘ va tog‘oldi hududlari sel xavfi yuqori bo‘lgan hududlar hisoblanadi. Bunda, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi ayniqsa xavf ostida. Bundan tashqari, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, undan so‘ng Surxondaryo, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari ham sel xavfi nisbatan yuqori viloyatlar deb topilgan.

Xabarda aytilishicha, sel oqimining halokatli oqibatlarini kamaytirish maqsadida FVV tomonidan selga qarshi gidrotexnika inshootlari, sellarni ajratuvchi, ushlab qoluvchi va saqlab qoluvchi obyektlar qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, FVV mamlakat tog‘li hududlarida aprel, may, iyun oylarida eng ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lishidan ogohlantirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют