» » Ana xolos! Konor Makgregor MMA’dagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Ana xolos! Konor Makgregor MMA’dagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi


Irlandiyalik sportchi Konor Makrgegor MMA’dagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

MMA Fighting’ning qayd etishicha, 30 yoshli Makgregor 2019-yil iyunida Donald Serronega qarshi jang qilishi mumkin edi. Biroq Serrone may oyida El Yakvinta bilan jang qiladigan bo‘ldi.

Avvalroq Makgregor UFC nomi ostida jang qilishga roziligi faqat buning uchun kompaniya unga aksiyalarining ma’lum bir qismini berishi kerakligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Konor Makgregor — sportchi UFC’da 25 ta jang o‘tkazgan. Ularning 21 tasida g‘alaba qozongan. 2018-yil oktabrida esa UFC’ning yengil vazndagi chempionligi uchun kechgan jangda dog‘istonlik Habib Nurmagomedovga mag’lub bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют