» » Kanada Golan tepaligi ustidan Isroil nazoratini tan olmadi

Kanada Golan tepaligi ustidan Isroil nazoratini tan olmadi


Kanada Isroilning Golan tepaligi ustidan nazoratini tan olmaydi, deya xabar beradi “RBK”.

“Xalqaro qonunlarga ko‘ra, Kanada Isroilning Golan tepaligi ustidan doimiy nazoratini tan olmaydi. Kanadaning uzoq muddatli pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Kanada Tashqi ishlar vazirligi ta’kidlaganidek, xalqaro huquqlar hududlarni kuch bilan qo‘shib olish va chegarani bir tomonlama o‘zgartirish to‘g‘risidagi bayonotlarni taqiqlaydi. Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi Kanadaning Isroilning do‘sti ekanini va qo‘shni davlatlar bilan tinchlikda yashash huquqini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

25-mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Golan tepaligini Isroilning bir qismi deb tan olinishi haqida farmon imzolagan. Shu munosabat bilan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu hujjat BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlariga zid ekanini ta’kidlagan, shuningdek, xalqaro kelishuvni inkor etishini ma’lum qilgan. Suriya Tashqi ishlar vazirligi Trampning qarorini “ochiq tajovuz” deb baholagan.

1967-yilgi olti kunlik urushdan oldin, 1800 kvadrat metrlik Golan tepaligi Suriyaning bir qismi bo‘lgan. Keyin Isroil ularning nazoratini olib, hududlarni o‘z tarkibiga qo‘shgan. BMT Xavfsizlik Kengashiga ko‘ra, bu noqonuniy anneksiya bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют