» » O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga ham yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga ham yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portalida O‘zbekistonda yo‘nalishdagi taksilar faoliyatini yanada takomillashtirishga oid Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra, 2019-yil 1-iyulidan:

Jismoniy shaxslarga to‘rt kishidan ortiq bo‘lmagan yo‘lovchi o‘rindiqli yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida elektron platforma orqali operatorlar bilan shartnoma imzolagan bo‘lishi kerak.

Yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga litsenziya berish uchun davlat boji yuridik shaxslarning yengil avtomobillari uchun belgilangan stavkaning 1,5 barobari miqdorida o‘rnatiladi;

Yo‘nalishdagi taksi qonunchilikda talab qilingan ko‘rinishda bo‘lishi uchun mashina eshiklari, oldi kapoti va yukxona yuzasiga o‘zi yopishadigan materiallar tushirishga ruxsat beriladi;

Reysdan avval yo‘nalishdagi taksilar maxsus punktlarda tibbiy va texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi;

Yo‘nalishsiz taksi sifatida foydalanishga mo‘ljallangan yengil avtomobillar ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi;

Yuridik shaxslarga qarashli taksilarga yo‘l yoqasidagi parkovkalar, aeroportlar, vokzallar, avtostansiyalar, savdo markazlari hamda markaziy bozorlar parkovkalaridan bepul foydalanish huquqi taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют