» » O‘zbekistondagi maktablarda direktor faoliyatini baholovchi kuzatuv kengashlari tashkil etiladi

O‘zbekistondagi maktablarda direktor faoliyatini baholovchi kuzatuv kengashlari tashkil etiladi


O‘zbekistondagi barcha maktablarda kuzatuv kengashlari tashkil etiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bugun,26-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Maktab kuzatuv kengashlariga istalgan ota-ona a’zo bo‘lishi mumkin.

“Ushbu kengashlarning asosiy vazifasi maktabga mahalliy hokimiyat tomonidan ajratilgan mablag‘ qayerga sarflanayotganini nazorat qilish.

Maktab tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘shimcha xizmat turlarini belgilab beradi. Masalan, uzaytirilgan guruhlar, ingliz tili, robototexnika to‘garagi tashkil qilishi mumkin. Lekin bularning barchasi rasman, ota-onalar bilan shartnoma tuzilgan holda qilinadi. Xizmatlar uchun pul o‘qituvchining qo‘liga emas, kassa orqali to‘lanadi.

Kuzatuv kengashi maktab direktori faoliaytini baholaydi. Kerak bo‘lsa, direktor maktabda noqonuniy ishlar qilayotgan bo‘lsa, noqonuniy tarzda pul yig‘ib, uni keraksiz joyga sarflayotgan bo‘lsa, uni kuzatuv kengashi ishdan bo‘shatishi ham mumkin”, — deydi O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют