» » Yaponiya munozarali orollar atrofida Janubiy Koreya faoliyatiga doir norozilik bildirdi

Yaponiya munozarali orollar atrofida Janubiy Koreya faoliyatiga doir norozilik bildirdi


Yaponiya hukumati Bosh kotibi Yosixide Suga matbuot anjumanida Yaponiya hukumati Seulning Takesima orollari hududidagi dengiz tubini tadqiq etish rejalari sababli Koreya Respublikasiga norozilik bildirganini ma’lum qilgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Bosh kotib ilmiy ekspeditsiyaga tayyorgarlik ko‘rilishiga oid ma’lumotlar Janubiy Koreyaning Milliy okeanografik tadqiqotlar instituti tomonidan Yaponiya hukumatiga kelib tushganini ma’lum qilgan.

“Bu (tadqiqot) Takesima orollarining hududiy tegishliligi bo‘yicha Yaponiya pozitsiyasi atrofida amalga oshirilishi mumkin emas”, — dedi Suga.

U Janubiy Koreya tomoni tadqiqotlar bilan bog‘liq “qat’iy norozilik”ni Yaponiyaga yuborganini qayd etgan.

Joriy yilning fevral oyida Yaponiya ham ushbu masala yuzasidan Janubiy Koreyaga norozilik bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют