» » Alisher Uzoqov Jahongir Otajonovning tanqidiga munosabat bildirib, “The cover up” loyihasini tugatish shartini aytdi (video)

Alisher Uzoqov Jahongir Otajonovning tanqidiga munosabat bildirib, “The cover up” loyihasini tugatish shartini aytdi (video)


Aktyor va rejissor, boshlovchi Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida Alisher Uzoqov “The cover up” loyihasi haqidagi tanqidiy fikrlar o‘rinsiz ekanligini ma’lum qildi.

‘The cover up’ haqida gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Nafaqat Jahongir aka, bu haqda ko‘pchilik gapiryapti. Aslida intervyu berish niyatim yo‘q edi. Lekin Zo‘r TV ijodkorlari va o‘zimning mehnatimga achindim va intervyu berishga majbur bo‘ldim.

Bizning mehnatimizga, loyiha uchun sarflagan vaqtimizga, bu loyihaning yaxshi chiqishi uchun qilinayotgan ishlarga nisbatan noo‘rin baholar ko‘payib ketdi. Mana shunday gap-so‘zlar bolalagani sabab o‘zim sizga intervyu berish taklifi bilan chiqdim.

‘The cover up’ning 4-mavsumi boshlanishi arafasida. Shuning uchun ham mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida keldim. Odamlar bu loyihaga nisbatan negativ fikrlarni eshitaversa, ularning o‘zida ham shunday ruhiyat paydo bo‘ladi, deb o‘yladim va sizning oldingizga intervyu berish uchun o‘zim keldim.

Loyiha o‘zbek san’atida kichik bo‘lsa-da burilish yasay oldi. Xudo xohlasa jonli ijro borasida bundan ham katta ishlar qilish niyatidamiz. Maqsadim jonli ijroga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish. O‘qishni bitirib qayerga borsam ekan deb boshini qashlab o‘tirgan yoshlarga yordam berish. Zo‘r TV orqali ularni xalqqa tanitish. Bu kanalni qo‘shni davlatlarda ham ko‘rishyapti, menimcha bu maktabda emas, katta bir davlatda amalga oshirilayotgan maqsad. Mana shunday maqsad sari intilayotgan paytimiz, mayda-chuydagaplarni gapirish to‘g‘rimi?!

Jahongir aka ‘Alisher yonimga kelib shulardan bittasi chiqib ketishi kerak, deb aytdi unda meni nima keragim bor’, debdilar. Jahongir aka yaxshi inson, o‘zining fikriga ega, hech kimdan qo‘rqmaydi. Men buni nafaqat Jahongir akadan boshqa birovdan ham yashirmayman. To‘g‘ri shunday degandim, chunki sistema shunaqa. Loyihada 10 ta ishtirokchi qatnashadi, birinchi turda hech kim chiqib ketmaydi. Ikkinchi turda ovozlar, hakamlar qo‘ygan ballar bo‘yicha oxirgi qolgan ikkita ishtirokchidan biri chiqib ketadi. 10 bal olib turgan Yorqinxo‘ja yoki Afruzani chiqarish kerak demayman-u! Bu narsani bitta Jahongir akaga aytmaganman. Hamma hakamlarga aytganman. Chunki chiqib ketishi kerak bo‘lgan ikki ishtirokchi qolish uchun bellashadi.

Jahongir aka buni noto‘g‘ri tushunganlar, ‘bular hal qilib bo‘lishibdi’, deb o‘ylaganlar. Ularni to‘g‘ri tushunaman, bu narsaning yozilmagan qonunlari bor deganlar. Jonli ijroni his qilishim kerak deganlar, misol uchun men ham teatrda ishlaganman, jonli kuylamagan bo‘lsam, jonli ijro qilganman. Bu narsalarni o‘zim ham yaxshi bilaman. Lekin televideniyeda yozilgan qonunlar ham borda. Katta-katta odamlar qo‘ng‘iroq qilishadi, yaqinlarim iltimos qilishadi. Oldimga shu darajada ko‘p odam keladiki, xudoga shukr, yaratgan egamning oldida yuzim yorug‘. Bittasining ham gapi o‘tmagan. Internet sahifalarda ham faktlarga asoslanmagan fikrlar bildiriladi.

Sizlardan iltimos qilaman mana shu loyiha borasida negativ fikrlar bo‘lsa, pul tomonlama yoki tanish-bilish deganlaridek, iltimos sizdan qo‘lingizda fakt bilan oldimga keling. Dalil bilan oldimga kelsangiz, isbotlab bersangiz shu loyihani yopib yuboraman. Va’da beraman! Kimdir kelib isbotlab bersin. Gapiga javob bersin. Pul oldi yoki tanish-bilish qildi deb isbotlab bersin shu loyihani haqiqatdan yopaman. Shu darajada o‘zimga ishonchim bor.

Alisher Uzoqov, aktyor va rejissor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 18:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют