» » Rossiyada Janubiy harbiy okrug qo‘shinlari jangovar tayyorgarligining to‘satdan tekshiruvi boshlandi

Rossiyada Janubiy harbiy okrug qo‘shinlari jangovar tayyorgarligining to‘satdan tekshiruvi boshlandi


Rossiyada Janubiy harbiy okrug qo‘shinlari jangovar tayyorgarligining to‘satdan tekshiruvi boshlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Janubiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Krasnodar va Stavropol o‘lkalari, Astraxan va Volgograd viloyatlari, Qorachoy-Cherkasiya va Adigeyadagi tuzilmalar, harbiy qismlar, shuningdek, Rossiyaning Armaniston va Abxaziyadagi harbiy bazalari bo‘linmalarida jangovar tayyorgarlikning to‘satdan tekshiruvini boshlashga ko‘rsatma berdi”, — deyiladi okrug vakillari xabarida.

Okrug poligonlarida taktik mashg‘ulotlar, shuningdek, jangovar va maxsus tayyorgarlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha nazorat mashqlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Tekshiruvga 6 mingga yaqin harbiy xizmatchi va 1,5 ming texnika safarbar etildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют