» » Samarqand aeroportida Istanbuldan keltirilgan 11 mln so‘mlik kitoblar musodara qilindi

Samarqand aeroportida Istanbuldan keltirilgan 11 mln so‘mlik kitoblar musodara qilindi


Samarqand xalqaro aeroportiga “Istanbul—Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi X.Yu. bojxona nazorati zonasidan o‘tayotganda uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

Bojxona xodimlari fuqaroga tegishli bo‘lgan bagaj sumkasini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirganda bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, qiymati 11 million so‘mlikdan ziyod diniy mazmundagi kitoblar borligi aniqlandi.

Fuqaro X.Yu. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 33-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida jarima jazosiga tortildi. Huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan kitoblar esa davlat foydasiga musodara qilindi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari 2018-yilning mart oyidan joriy yil mart oyiga qadar jami 357 dona (41 million so‘mlikdan ortiq) diniy mazmundagi kitoblarning noqonuniy yo‘llar bilan respublikaga olib kelishining oldini oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют