» » O‘zbekistonda tabiiy gaz birinchi navbatda aholiga yetkazib berilishi belgilandi

O‘zbekistonda tabiiy gaz birinchi navbatda aholiga yetkazib berilishi belgilandi


Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qonunchilikka muvofiq, tabiiy gaz maishiy iste’molchilar, oilaviy korxonalar hamda strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilarga birinchi navbatda yetkazib beriladi.

Maishiy iste’molchilar — maishiy ehtiyoj (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi hisoblanadi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalar ham yuqoridagi toifaga kiritildi.

Mazkur iste’molchilarga gaz maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tariflarda yetkazib beriladi.

Ma’lumot uchun, aholiga gaz yetkazib berish tariflari 2018- yil 16-noyabrdan 320 so‘m, 2019-yil 1-iyundan 350 so‘mni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют