» » Qozog‘istonlik tinchlikparvarlar BMTning xavfli missiyalariga yuborilmasligi ma’lum qilindi

Qozog‘istonlik tinchlikparvarlar BMTning xavfli missiyalariga yuborilmasligi ma’lum qilindi


Qozog‘iston BMTning eng xatardan xoli tinchlikparvar missiyalarini tanlab oladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

“BMT tinchlikparvar missiyalarida ishtirok etish masalalarini ko‘rib chiqayotganda eng muhim omil — harbiy xizmatchilarimiz xavfsizligini inobatga olamiz. Ya’ni, eng xatardan xoli missiyalar tanlanadi”, — deya ta’kidladi vazir parlament quyi palatasidagi chiqishi chog‘ida. 

Kayrat Abdraxmanov Qozog‘istonda 2015-yil iyunida “Tinchlikparvarlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganini eslatib o‘tdi. 

Shubhasiz, bu ishlarning barchasi konstitutsiyada belgilanganidek parlament bilan yaqin hamkorlikda va Qozog‘istonning “Tinchlikparvarlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni asosida amalga oshiriladi.

Kayrat Abdraxmanov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют