» » Suriyaliklar AQShning Golan tepaliklari bo‘yicha qaroriga qarshi namoyishlarga chiqdi

Suriyaliklar AQShning Golan tepaliklari bo‘yicha qaroriga qarshi namoyishlarga chiqdi


Suriyaning ba’zi shaharlarida 26-mart, seshanba kuni AQSh hukumatining Golan tepaliklarini Isroil hududi deb tan olish to‘g‘risidagi qaroriga norozilik aksiyalari o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.

Xususan, namoyishchilar Suriyaning As-Suvayda, Darya va boshqa bir qator shaharlarida ko‘chalarga chiqmoqda.

Qayd etilganidek, namoyishchilar qo‘llarida Suriya va Falastin bayroqlari, shuningdek, “Golan Suriyaga tegishlidir” degan plakatlarni tutib turmoqda.

Yaqinda, AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Golan tepaliklari ustidan suverenitetini rasman tan oldi. Prezidentlik deklaratsiyasining imzolanishi Vashingtondagi Oq uyda bo‘lib o‘tdi.

O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi Golan tepaligini avvalgidek Isroilning bir qismi sifatida tan olmaganligini eslatib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 1967-yilgacha Golan tepaliklari Suriya tarkibiga kirgan. 1967-yilning iyun oyi boshida “Olti kunlik urush”da tepaliklarning uchdan ikki qismi Isroil tomonidan egallangan.

1981-yil dekabr oyida Isroil parlamenti Golan tepaliklari ustidan Isroil yurisdiksiyasi joriy etilishi haqidagi qonunni qabul qildi. BMT Xavfsizlik kengashi ushbu qarorni tan olmadi. BMT Bosh Assambleyasi bir necha bor anneksiyani noqonuniy deb atadi va Isroilni Golan tepaliklarini suriyaliklarga qaytarishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют