» » O‘zbekistonda chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining bir qismi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan undirilishi belgilandi

O‘zbekistonda chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining bir qismi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan undirilishi belgilandi


Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.  Bu haqda “Huquqiy axborot ” kanali ma’lum qildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, atrof-muhitni ifloslantirish va chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan undiriladi.

Ilgari kompensatsiya Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan undirilgan.

Mazkur kompensatsiya quyidagicha taqsimlanadi:

74 foizi — Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga;

26 foizi — respublika budjetiga.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют