» » Fransiyada sud 57 mln yevrolik hashamatli uyni buzishga buyruq berdi

Fransiyada sud 57 mln yevrolik hashamatli uyni buzishga buyruq berdi


Sud Fransiya janubida renessans me’moriy uslubida qurilgan, uch ming kvadrat metr maydonga ega, qiymati 57 million yevroga baholangan hashamatli uyni buzish haqida buyruq berdi. Ko‘chmas mulk egasi, Patrik Diterga bino-inshootlarni buzish uchun 18 oy muhlat berildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.

Shunday qilib, Eks-an-Provans shahar kengashi apellyatsiya sudi Grassedagi Shato Diter bino-inshootining buzib tashlanishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu qurilish ishlari noqonuniy ravishda amalga oshirilganligi sababli, Fransiya sudlari 2005- yildan keyin qurilgan barcha obyektlarni buzish yo‘li bilan binolarni ilgari holatiga qayta tiklashga qaror qildi.

Bino-inshootlar hududida suzish havzasi, vertolyot qo‘nishi uchun mo‘ljallangan maydon, 600 metr uzunlikdagi avtomobil yo‘li ham mavjud. Bularning barchasi himoyalangan o‘rmon hududida noqonuniy ravishda qurilgan.

Ilgari, Diter qayta qurilishni boshlashidan oldin, ushbu binolar o‘rnida 200 kvadrat metr maydonga ega kamtarin dala-hovli bo‘lgan.

Fransiya sudi tomonidan 450 ming yevro jarimaga tortilgan Diter, unga ko‘chmas mulkni buzish uchun belgilangan 18 oylik muddatdan oshgan har bir kun uchun qo‘shimcha 500 yevro miqdorida jarima solinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют