» » Yevro—2020 yo‘lida. Italiya 6 ta gol urib yutdi, Morataning gollari Ispaniyaga g‘alaba keltirdi (video)

Yevro—2020 yo‘lida. Italiya 6 ta gol urib yutdi, Morataning gollari Ispaniyaga g‘alaba keltirdi (video)


26-mart, seshanba kuni futbol bo‘yicha 2020-yilgi Yevropa Chempionatining saralash bosqichi doirasida guruhlarda 2-turning so‘nggi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy o‘yinlaridan birida Shveysariya terma jamoasi Daniya termasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda Remo Froyler (19), Granit Jaka (66), Brel Emboloning (76) kiritgan gollariga daniyaliklar Matias Yorgensen (84), Kristian Gyutkyer (88) va Xenrik Dalsgaardning (90) gollari bilan javob qaytardi (3:3). Natijada g‘olib nomi aniqlanmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Dastlabki turda Norvegiya termasini bazo‘r yutgan Serxio Ramos yetakchiligidagi Ispaniya terma jamoasi safarda Maltani sinovdan o‘tkazdi.

O‘yinning 31 va 73-daqiqalarida “Atletiko” hujumchisi Alvaro Morata raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublga erishdi (2:0).

Shu tariqa ispanlar Morataning dubli evaziga g‘alaba qozondi va navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shu kuni saralashning “J” guruhidan o‘rin olgan bahsda Roberto Manchini qo‘l ostidagi Italiya terma jamoasi o‘z maydonida Lixtenshteyn termasi bilan bellashdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Stefano Sensi hisobni ochgan bo‘lsa, 32-daqiqaga kelib Marko Verratti mehmon jamoa darvozasiga gol urdi (2:0). 35 va 45-daqiqalarda esa A Seriyaning ayni damdagi to‘purari Fabio Kvalyarella 11 metrlik jarima zarbasidan darvozani aniq nishonga oldi va hisobni 4:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yin davomida Moyze Kin (70) hamda Leonardo Pavoletti (76) ham o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi (6:0).

Shu tariqa italiyaliklar o‘z maydonida Lixtenshteyn termasini yirik 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi (6:0).

Yevro—2020

Saralash, 2-tur bahslari

26-mart, seshanba

“D” guruhi

Gollar: 1:0 — 36 Aurigeyn

Gollar: 1:0 — 19 Froyler, 2:0 — 66 Jaka, 3:0 — 76 Embolo, 3:1 — 84 Yorgensen, 3:2 — 88 Gyutkyer, 3:3 — 90 Dalsgaard

“F” guruhi

Gollar: 0:1 — 31 Morata, 0:2 — 73 Morata

Gollar: 1:0 — 41 Jonsen, 2:0 — King, 2:1 — 70 Klaesson, 2:2 — 86 Kvayzon, 2:3 — 90+1 Kvayzon, 3:3 — 90+6 Kamara

Gollar: 1:0 — 26 Dyak, 2:0 — 29 Keseru, 3:0 — 33 Keseru, 3:1 — 40, penalti, Davidsen, 4:1 — 63 Puskas

“J” guruhi

Gollar: 0:1 — 14 Yensen, 0:2 — 78 Soyri

Gollar: 1:0 — 10 Vishcha, 2:0 — 15 Pyanich, 2:1 — 64 Fortunis, 2:2 — 85 Kolovos

Gollar: 1:0 — 17 Sensi, 2:0 — 32 Verratti, 3:0 — 35, penalti, Kvalyarella, 4:0 — 45, penalti, Kvalyarella, 5:0 — 70 Kin, 6:0 — 76 Pavoletti

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют