» » O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida qimmatbaho metallar bo‘yicha ilk bitimlar amalga oshirildi

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida qimmatbaho metallar bo‘yicha ilk bitimlar amalga oshirildi


O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida qimmatbaho metallar bo‘yicha ilk bitimlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jumladan, 18—20-mart kunlari bo‘lib o‘tgan birja savdolarida umumiy qiymati 192,6 million so‘mlik 46,5 kilogramm kumush sotildi. K umushning bir haftalik birja kotirovkasi 1 gramm uchun 4 142,56 so‘mni tashkil qildi.

Hozirgi kunda ichki birja bozorida qimmatbaho metallarni sotish uchun ikki shartnoma mavjud. Xususan, birja kotirovka varag‘iga kumush quymasining 500 grammlik Ag-1 markasi va oltin quymasining 500 grammlik Au-1 markasi uchun shartnomalar kiritilgan.

Ayni paytda kundalik birja savdolariga 15,5 ming gramm kumush va 2,6 ming gramm oltin qo‘yilmoqda. Bunda qimmatbaho metallarning boshlang‘ich narxi London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining so‘nggi fiksingiga asosan milliy valyutada belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют