» » “Miss Moskva” unvonidan mahrum etilgan qiz go‘zallik tanlovlarida qatnashmaslik haqida ogohlantirdi

“Miss Moskva” unvonidan mahrum etilgan qiz go‘zallik tanlovlarida qatnashmaslik haqida ogohlantirdi


“Miss Moskva” unvonidan mahrum etilgan Alesya Semerenko qizlarni go‘zallik tanlovlarida qatnashmaslikka chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Mamlakatimizda go‘zallik tanlovlari g‘oliblariga bo‘lgan munosabat meni hayron qoldiradi. Qiziq, agar tanlovlarda yutgan qizlarni yoqtirmasangiz, balki ularni umuman o‘tkazmaslik kerakdir? Agar g‘olib bo‘lgan qiz masxaralash va g‘iybat obyekti bo‘lsa, “Miss Rossiya”, “Miss Moskva” kabi balandparvoz nomlarning nima keragi bor? Yirik tanlovlarda ishtirok etish niyati bo‘lgan qizlarga maslahatim, shunga tayyorligingizni o‘ttizinchi martda o‘ylab ko‘ring”, — deb yozgan Alesya Semerenko o‘zining Instagram’dagi sahifasida.

Shuningdek, tanlovda g‘olib bo‘lish nafaqat bayram, balki sinov ham ekanligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, shu vaqt davomida u yana ham kuchli bo‘lgan.

21-mart kuni “Miss Moskva” Alesya Semerenko tanlov tarixida ilk bor o‘z unvonidan mahrum qilingan. Tashkilotchilarining aytishicha, bunga shartnomada belgilangan qoidalarga rioya qilmagani va tanlov g‘oliblari ishtirok etishi shart bo‘lgan tadbirlarga bormagani sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют