» » Butunlay urfdan qolgan 5 ta kiyim-kechak

Butunlay urfdan qolgan 5 ta kiyim-kechak


Dizaynerlar namoyishlaridagi moda trendlari ba’zan bir nechta mavsumgacha saqlanib qolishi mumkin. Va, umuman, moda qaytib kelish xususiyatiga ham ega. Ammo ba’zi kiyim-kechaklar butunlay eskirib bo‘lgan. Siz bachkana va eskicha ko‘rinishni istamasangiz, ulardan voz kechganingiz ma’qul.

U sizni semiz qilib ko‘rsatish bilan birga, hech qanday foyda ham keltirmaydi: qahratonda uni kiyib bo‘lmaydi — qo‘llar muzlaydi, iliq havoda esa juda issiqlik qiladi.

Original etikning klassik variantini biroz maqbul deb hisoblash mumkin, ammo rang-barang toshlar va kashtalar bilan bezatilgan uggi — mutlaqo antitrend.

Bunday poyabzal noqulay bo‘lishdan tashqari, qo‘rqinchli ko‘rinishga ham ega. Oddiy “lodochka” tufli yoki kichikroq platformali tufli undan ancha bashang ko‘rinadi.

Agar kolgotka kiysangiz, hech qanday tasvir va zarlari bo‘lmagan neytral qora yoki badaningiz rangiga mos bo‘lgan tana rangidagisini tanlang. Qolgan variantlardan dadillik bilan voz keching.

Mushukchalar, ayiqchalar va mikki-mauslar yosh bolalarga yarashadi, ammo 18 yoshdan oshgan qizlar uchun bunday printlar bema’ni va bachkanadir. Kapalaklar va katta-katta gullar ham shular sirasiga kiradi. Biroq mayda gulli print ayni paytda eng aktual printlardan.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 19:00)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют